Yangiliklar

img
Fri, 08/05/2022 - 18:41

Ixtirochi ayollar-2022

So‘nggi yillarda ilm-fan sohalarida fidoyilik bilan izlnishlar olib borayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida Toshkent davlat texnika universiteti O‘zbekiston-Yaponiya yoshlari innovatsion markazida "Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli" haftaligi o‘tkazilmoqda. Bugun ushbu haftalik doirasida "Ixtirochi ayollar-2022" forumi va loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu loyihada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Til nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari faol ishtirok etmoqdalar. 

Universitetimiz uchun ajratilgan hududda filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Zulxumor Xolmonova va filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonovaning ilmiy izlanishlari, sohaga doir ixtirolari jamoatchilik diqqatini tortdi. Munavvara Qurbonova boshchiligida ilk marotaba Innovatsion rivojlanish vazirligining granti sohibi boʻlgan "Oʻzbek nutq sintezatori" loyihasining rasmiy web-sahifasi ishga tushirilgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Mazkur dastur millionlar orasida yagonadir! Dastur har qanday matnni ovozlashtirib beradi. BV-Atex-2018-(143) raqamli "Ko'zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o'qish va yozish imkonini beruvchi o'zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta'minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish" mavzusida davlat amaliy granti loyihasi doirasida tayyorlangan. Bu kabi dasturlarning ijtimoiy va amaliy ahamiyati juda katta. Universitetimiz jamoasi tomonidan, ayniqsa, olimalarimizning sa'y-harakatlari bilan amaliyotga tatbiq etilayotgan loyihalar global ahamiyatga egadir.

Biz haqli ravishda ixtirochi olimalarimiz bilan faxrlanamiz!