Yangiliklar

img
Fri, 05/30/2025 - 17:26

Italiyalik tadqiqotchilar "Yozgi maktab"da ishtirok etishdi

2025-yil 26–29-may kunlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijliklar uchun mo‘ljallangan yozgi maktab bo‘lib o‘tdi. Mazkur dasturda Italiyaning nufuzli Ka- Foskari universitetining 3 nafar tadqiqotchi talabalari ishtirok etdi.
To‘rt kun davom etgan yozgi maktab doirasida ishtirokchilarga o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatiga oid turli ma’ruzalar, seminarlar hamda amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi. Talabalar nafaqat o‘zbek tilining lingvistik xususiyatlari bilan tanishdilar, balki o‘zbek adabiy merosi, xalq og‘zaki ijodi va zamonaviy adabiy jarayonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Yozgi maktabning eng qiziqarli qismiga milliy qadriyatlar va o‘zbek oshxonasini o‘rganish kiradi. Ishtirokchilar uchun plov, manti, samsa kabi milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha oshpazlik mahorat darslari tashkil qilindi. Mehmonlar o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, oilaviy qadriyatlari, milliy urf-odatlari va hunarmandchilik san’ati bilan yaqindan tanishdilar. 

  

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Yozgi maktab xalqaro talabalarda o‘zbek tili va madaniyatiga qiziqishni oshirish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda ToshDO‘TAU va Ka-Foskari universiteti o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qildi.