Yangiliklar

img
Tue, 10/31/2023 - 18:43

Isitish mavsumiga tayyormiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati tomonidan TTJlarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi koʻzdan kechirildi

Mavsumni betalofat oʻtkazish uchun har biri 350 kVt li jami 2 ta generator xarid qilindi va oʻrnatildi.

Generatorlarning ishlashi uchun 10 tonna dizel yoqilgʻisi zaxirasi yaratildi. Dizel yoqilgʻisini saqlash uchun 10 tonnalik sisterna xarid qilinib, belgilangan tartibda oʻrnatildi.

Asosiy elektr simlariga shikast yetkazmaslik uchun har bir xonaga alohida 2 ga 2,5 o‘lchamdagi, yuqori kuchlanish chidamli o'tkazish kabellari tortildi.