
Iqtidorli qizlar muddatidan oldin talaba bo'ldi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatiga tashrifi muhim ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy voqealarga boy bo'ldi. Tashrif mobaynida Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati, Farovon tumanidagi 22-umumta’lim maktabida bo'ldi. Mazkur maktab binosi 2024-yilda foydalanishga topshirilgan bo'lib, zamonaviy dasturlar asosida eng yaxshi ta’lim amaliyotlariga asoslangan darslarni olib boradigan 104 nafar o‘qituvchi tanlov asosida qabul qilingan. Prezidentimiz maktab o'quvchilari bilan samimiy muloqotda bo'ldi. Ushbu muloqotchog'ida maktabning 9-sinf o'quvchilari Odina Yoqubova va Go'zalxon G'ayratova adabiyotga va she'riyatga bo'lgan muhabbati, notiqlik qobiliyati va bilimi bilan davlat rahbarining e'tiborini qozondi. Prezidentimiz bu o'quvchi qizlarga oliy ta'lim olishlari uchun davlat granti asosida nufuzli universitetlarga kirish imkonini yaratdi. Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Sh.Sirojiddinov Navoiy shahriga borib, iqtidorli o'quvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Odina Yoqubova va Go'zalxon G'ayratovalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga muddatidan oldin qabul qilinganliklari haqida sertifikatlarni topshirdi. Ijodkor va iste'dodli qizlar maktabni tamomlagach, ToshDO'TAUga imtihonsiz o'qishga qabul qilinadilar va Prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlab, davlatimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shadilar deb ishonamiz.