Yangiliklar

img
Tue, 09/09/2025 - 15:57

Inklyuziv ta'lim laboratoriyasi faoliyatidan

Respublikamizda talabalarni elektron ta’lim resurslari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, audiokitob shaklidagi mediamanbalarni yaratish va ularni ochiq veb-platformalarda joriy etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Oliy ta’lim tizimida bunday mahsulotlar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham o‘quv-ilmiy hamda badiiy adabiyotlardan mustaqil foydalanishda katta qulaylik yaratadi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Inklyuziv ta’lim ilmiy-amaliy laboratoriyasi tomonidan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada jahon adabiyotiga oid asarlarning audiokitob shakliga yuqori talab mavjudligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan laboratoriya jamoasi “Mahabharata” hind eposining audioformatdagi variantini tayyorlab, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etdi. Mazkur audiokitob ZiyoNET ta’lim portalida joylashtirildi.

Tinglash uchun havola: https://audio.ziyonet.uz/?page=1