Yangiliklar

img
Mon, 12/13/2021 - 00:19

Imkoniyatimiz cheklanmagan

Alisher Navoiy nomidagi TOShDO'TAU talabasi Mirali G'iyosov 3- dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Toshkent shahar ko'zi ojizlar maktabida o'tkazilgan tadbirga talabalar jamoasi bilan tashrif buyurdi. Bu safar M. G'iyosov boshchiligidagi bir guruh talabalar o'zlari tayyorlagan audio-asarlarni ko'zi ojizlar maktab-internatiga tuhfa etishdi. Tuhfalarni qabul qilib olgan maktab direktori Rustam Safarov "Navoiy universiteti studiyasi" ular uchun juda yaxshi yangilik bo'lganini, jamoaning qilayotgan bu beminnat ishlari ko'zi ojiz o'quvchilarga ilm olishida, dunyoqarashi shakllanishida juda katta qadam ekanini ta'kidladi. Mirali ayni damda I. V. Gyote qalamiga mansub "Faust" asari audiosining montaj jarayoni bilan mashg'ul. Uning navbatdagi rejasida maktab adabiyot darsliklarini ovozlashtirish ham bor. Mirali "Yil talabasi" ko'rik tanlovining "Faol va tashabbuskor talaba" yo'nalishida universitetda 1- o'rinni olib, Respublika bosqichiga yo'llanma olgan. Unga omad tilab qolamiz.

Talabalarimiz nafaqat o'qishda, balki ezgu ishlarni amalga oshirishda ham doimo peshqadam.