Yangiliklar

img
Tue, 02/13/2024 - 17:26

Ilmli qizlar - jamiyat ko‘zgusi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ta’lim olayotgan talabalarning 85% ni qizlar tashkil qiladi. Birgina, joriy 2023-2024-o‘quv yilida universitetning 9 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti va nomdor  davlat stipendiyalari sovrindori bo‘ldilar. Stipendiya sovrindorlarining 7 nafarini qizlar tashkil etadi. Bugun ular respublika, xalqaro miqyosdagi tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelayotgan bo‘lajak olimalardir.  
11-fevral Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Yosh filolog olimlar jamiyati” tomonidan joriy yilning 13-fevral kuni talaba qizlar uchun  “Ilmli qizlar - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir va mahorat darsi  o‘tkazildi. Ushbu ilmiy-ma’rifiy tadbirda universitetimizning nomdor stipendiya sovrindori bo‘lgan, respublika, xalqaro miqyosda nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan iqtidorli talaba qizlar – Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibi Shohsanam Hazratqulova, Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibi Sabina Berdiyeva, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibi Xulkaroy Rajapova o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mahorat darsi davomida talabalarga ilmiy, ijtimoiy faollikka erishish, ilmiy maqola yozish va uni chop ettirish, kelajakda Prezident va nomdor stipendiyalar sovrindori bo‘lish, ijodiy faollikni oshirish, a’lo baholarga o‘qish, respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan nufuzli tanlovlar, xalqaro maydonga chiqish, xalqaro miqyosda o‘z sohasi bo‘yicha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish, va boshqa muhim masalalar yuzasidan dildan suhbat, jonli muloqot olib borildi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv so‘nggida tadbir ishtirokchilari esdalik uchun suratga tushishdi. 
Bugungi tadbirdan keyin ilmga qiziquvchan, tirishqoq talabalardan iborat “Yosh filolog olimlar jamiyati” safi yanada kengaydi.