Yangiliklar

img
Wed, 02/12/2025 - 19:49

“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Ayol – jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollar kamol topishiga, ertamiz egalari yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishiga zamin yaratadi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan va qadrlagan yurtning buguni ham, ertasi ham shubhasiz farovon bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan joriy yilning 12-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Ma'mura Zohidova hamda filologiya fanlari nomzodi, professor Hulkar Hamrayeva mehmon sifatida ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Ular xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi va jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

  

Tadbir ishtirokchilari ayolning ilmli va ziyoli bo‘lishi nafaqat uning shaxsiy hayotiga, balki jamiyatning taraqqiyotiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladilar. Shu kabi uchrashuvlar xotin-qizlarning ilm-fan sohasida faoliyat yuritishiga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirishga xizmat qiladi.