Ilmiy tadqiqotchining xalqaro doiradagi faoliyati
29-sentabr kuni universitetimizning xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Nozliya Normurodova yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun “Xalqaro standartlar asosida tadqiqot olib borish” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlar, xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar, akademik almashuv dasturlari, xalqaro konferensiya va seminarlar, ilmiy yoki ta’lim loyihalarida (xorijiy, qo‘shma) ishtirok etish boʻyicha alohida tavsiyalar berildi.
Zamonamizning ilmiy jamoatchiligi nihoyatda sergak va juda sinchkov. Hozir ilmiy tadqiqotlarga qoʻyiladigan talablar ancha oʻzgargan. Xalqaro doirada olim va tadqiqotchi sifatida tan olinish oson emas. Dunyo tan oladigan va taniqli tadqiqotchi boʻlish uchun toʻgʻri tadqiqot yoʻnalishini tanlash va diasertatsiya himoya qilishning oʻzi yetarli emas. Tadqiqotchi bugungi kunda shaxsiy rivojlanishni va dunyoning narigi burchagidagi hammaslaklari bilan aloqalar oʻrnatishni bilishi kerak. Bugungi ma’ruzada Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh va Osiyoning ham nufuzli ilmiy muassasalarida stajirovka oʻtash imkoniyatlari, xalqaro grantlar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalarini yutish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shu va shu kabi koʻplab masalalarda tadqiqotchilarning qator savollariga Nozliya Normurodova atroflicha javob berdi.




