
Mon, 04/04/2022 - 21:35
Ilmiy salohiyat yanada oshmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining bir qator fidoyi ustozlari: Jo'rayeva Gulnoza Axmatovna filologiya fanlari doktori (DSc), Umedullo Mahmudov Akmaliddin o'g'li filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Komilova Gavharoy Ro'zimovna filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ( PhD), Abduraimov Shohruh Samad o'g'li pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Botir Elov Boltayevich hamda Hamrayev Komiljon O'lmasovich dotsentlik diplomini olishdi. Yetuk mutaxassis ustozlarimizga kelgusi ijodiy va kasbiy faoliyatlarida omad tilaymiz!