Yangiliklar

img
Fri, 12/09/2022 - 20:30

Ilmiy-metodik seminarlar: yangi g‘oyalar, tajribalar va natijalar

Ona tili va adabiyot ta'limi kafedrasining navbatdagi ilmiy-metodik seminari bo'lib o'tdi. Seminarda mazkur kafedraning professor-o'qituvchilari PhD Klara Mavlonova, PhD Odina Saidaxmedova, Iroda Ishonxonova va mustaqil tadqiqotchi Sharofat Abdurahmonova ma'ruza qildilar. Ilmiy-metodik seminarni kafedra professori Roza Niyozmetova olib bordi.  Bu galgi seminar ishida "Matn tuzilishini o'rgatishga oid tamoyillar va til o'zlashtirishga oid nazariyalar"," Mehr va Suhayl" hikoyatini o'rganishga innovatsion yondashuv va badiiy asar tahlili muammo va yechimlari singari mavzularga oid metodik yondashuvlar muhokama qilindi.  Adabiy ta'lim va ona tili ta'limi ham tobora yangilanib,  takomillashib bormoqda,  fan o‘qituvchilari an'anaviy usullar voz kechib,  o‘z ustilarida ko‘proq ishlamoqdalar.  Bu jarayonda ayniqsa, unjversitetni tamomlab, maktabda endigina faoliyat boshlagan yosh ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ilg‘orliklari bizni quvontiradi.  Xususan,  universitetimizning ayni fakulteti bitiruvchilari o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasalarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar.  Ularning bu samarali faoliyatlari zamirida universitet pedagogik jamoasining hissasi beqiyos.