Ilmda ta'til bo'lmaydi
Yozgi ta'til davrida universitetimiz professor-o'qituvchilari shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadida turli anjuman, simpozium va ilmiy debatlarda faol ishtirok etishadi. Jumladan, O’zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o’qituvchilari Turkiya jumhuriyati Kayseri shahridagi Erjiyes universiteti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etishmoqda. “Oltoydan Onadoluga” uluslararo konferensiyasida dotsent Dilafruz Muhammadiyeva “Boburnoma”ning yangi turkiy tarjimalari xususida, katta o’qituvchi Kamola Rixsiyeva Qadimgi turkiy tillar leksikasining hozirgi tilimizda aks etishi haqida, katta o’qituvchi Iqbol O’razova “Xamsa”dagi o’lim semali frazemalar tahlili haqida, dotsent v.b. Mushtariy Xolmurodova “Qutadg’u bilig” leksikasi haqida ma’ruza qilishdi. Vakillarimizning ilmiy xulosalari jahon turkologlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'ldi.
Konferensiya yakunida Erciyes universiteti rahbariyati bilan hamkorlik qilish haqida kelishuvga erishildi va memarandum tuzish haqida qaror qabul qilindi.