Yangiliklar

img
Wed, 05/28/2025 - 21:39

Ilm-fan va ma’naviyat: ustuvor yo‘nalishlar muhokamada

2025-yil 27-may kuni Toshkent shahridagi Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan yuksak darajadagi ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikalariga rasmiy tashrifi natijalari yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ma’ruza qildi.
Mazkur tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Gulnoza Joʻrayeva ham ishtirok etib, o‘zining ma’ruzasi bilan qatnashdi. U o‘z nutqida Prezident tashrifining yoshlar siyosati, ilm-fan va ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlarga ta’siri, hamda yosh avlodni vatanparvarlik va innovatsion tafakkur ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

  

Tadbirda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, tyuterlar hamda iqtidorli talabalar bevosita ishtirok etishdi. Shu bilan birga, hududlardagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ZOOM platformasi orqali anjumanga ulanib, faol qatnashdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida Vatan, ta’lim va ilm-fanga bo‘lgan mehrni mustahkamlash, ularni global maydonda raqobatbardosh etib voyaga yetkazish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.