Yangiliklar

img
Thu, 04/10/2025 - 17:20

“Ilhom” mukofoti universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-sonli “Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 10-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ma’naviyat bo‘limi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Ilhom” mukofotining universitet bosqichi tashkil etildi. Mazkur tanlov iqtidorli, tashabbuskor va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi. “Ilhom” mukofoti yoshlarga katta ishonch bildirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim motivatsion vosita sifatida xizmat qiladi.