Yangiliklar

img
Wed, 07/05/2023 - 04:38

Ijtimoiy-mehnat masalalari va mehnat nizolari bo‘yicha Komissiya faoliyati

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish, qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yildi. Shuni inobatga olgan holda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kasaba uyushmasi o‘rtasida vujudga keladigan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiquvchi Ijtimoiy-mehnat masalalari va mehnat nizolari bo‘yicha Komissiya tuzilgan. Ushbu Komissiya universitetning tajribali va mas'uliyatli, mehnat faoliyati bilan jamoada hurmat qozongan professor-o'qituvchilar va yosh olimlardan iborat bo'lib, unga universitet Kasaba uyushmasi raisi Umurzakova Ra'no rahbarlik qiladi. 4-iyul kuni ushbu Komissiyaning ilk yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda universitet rahbar xodimlari tomonidan Komissiyaga kelib tushgan arizalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Komissiya a'zolari tomonidan bildirilgan fikrlar jiddiy o'rganib chiqildi va yakuniy xulosalar asosida bayonnoma tuzilib, Universitet Kengashiga taqdim qilinadi.