Ijodkor va kitobxon uchrashuvi
Joriy yilning 12-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyoti ta'limi va O'zbek tili ta'limi fakultetlari tomonidan taniqli yozuvchi, shoir, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Ulug'bek Hamdam bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Badiiy kechada shoirning "Yaxshiyam sen borsan" asari muallif va talabalar tomonidan tahlil qilindi. Ushbu uchrashuvda ijodkor tomonidan adabiyotni anglash, yashash falsafasi haqida betakror fikrlar bayon etildi.
Ulug‘bek zamonaviy o‘zbek adiblari orasida asarlari boshqa tillarga ko‘p o‘girilayotgan va O‘zbekistondan tashqarida e‘tirof etilayotgan oz sonli ijodkorlardan biri. Ulug‘bek Hamdamning ijodi adabiyotshunoslar nazariga tushgan. Uning ijodi borasida zukko olim Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov (ikkovlarining joylari jannatda bo‘lsin), Umarali Normatov kabi adabiyotshunoslar bitgan yigirmaga yaqin maqola o‘zbek va rus tillarida e‘lon etilgan.




