Yangiliklar

img
Wed, 03/02/2022 - 20:37

Ijodga baxshida umr

joriy yilning 2-mart sanasida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan kechki ta'lim 1-kurs talabalari ishtirokida "Ijodga baxshida umr" nomli shoira Zulfiya tavalludining 107 yilligiga bag'ishlangan kecha bo'lib o'tdi. Tadbir kechasida Universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy marifiy ishlar bo'yicha prorektori Xoliqov Bahodir, O'zbek tili va adabiyoti sirtqi bo'lim dekani Chinniqulov Nurmurod, kafedra kechki bo'lim dekan o'rinbosari Ruziyev Akbar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Chaman Jonuzoqova nutq so'zladi. Talabalar shoira she'rlaridan tashqari jonli ijrodagi qo'shiq va raqslarni ham namoyish etdilar. Tadbir yakunida talabalar shoira she'rlaridan o'qishdi. Faol talabalarga ustozlar tomonidan sovg'alar taqdim etildi.