Yangiliklar

img
Wed, 02/14/2024 - 19:02

Ijod maktabining eng iqtidorli oʻquvchilari universitetimizda mehmon boʻldi

Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasida  tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan koʻplab amaliy ishlar olib borilmoqda. Hamkorlik dasturi doirasida 14- fevral kuni mazkur ijod maktabi  oʻqituvchilari va bir guruh o‘quvchilar universitetimizda mehmon boʻlib, ta’lim dargohida talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 
 Universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S. Normamatov o‘quv jarayoni bilan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
G. Jo‘rayeva talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi. 
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari fan to‘garaklari faoiyati, yosh ijodkorlar, tadqiqotchilar bilan ishlash, “ustoz-shogird” an’anasiga oid jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

 

Shunigdek, Ona tili va adabiyot ta’limi va Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o‘qituvchilari mehmonlarga malakali pedagog kadrlar tayyorlash, o‘zbek tili nufuzini  xalqaro miqyosga ko‘tarish, boy adabiy merosimizni dunyoning turli tillariga xususan, ingliz, rus, fransuz va nemis tillariga tarjima qilish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida soʻzlab berdilar.
Uchrashuv soʻngida bu iqtidorli oʻquvchilar maktabni tamomlab, albatta, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyotiga universitetiga hujjat topshirishlarini alohida qayd etdilar.