Yangiliklar

img
Wed, 01/22/2025 - 17:28

“Ibrohim G’ofurov – adib, munaqqid, tarjimon” mavzusidagi ilmiy-adabiy anjuman

2025-yil 22-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida taniqli adib, olim va tarjimon, O‘zbekiston sanat arbobi, Ozbekiston Qahramoni  Ibrohim Gofurov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan  “Ibrohim Gofurov – adib, munaqqid, tarjimon” mavzusida ilmiy-adabiy anjuman bo‘lib otdi.
Konferensiyada O‘zbekistonning taniqli adabiyotshunoslari, yozuvchilar, olimlar va talabalar ishtirok etishdi. Akademik Shuhrat Sirojiddinov o‘z nutqida Ibrohim G‘ofurovning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etar ekan, uning ijodi orqali o‘zbek kitobxoni  jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishganini ta’kidladi. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid I. G‘ofurovning tarjimonlik mahorati haqida so‘z yuritar ekan, uning Dostoyevskiy, Tolstoy va G.Markes asarlarini o‘zbek tiliga mukammal tarzda o‘girgani milliy madaniyatni boyitishga xizmat qilganini qayd etdi.
Taniqli yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad esa Ibrohim G‘ofurovning o‘zbek adabiy tanqidi rivojida muhim o‘rin tutgan munaqqid sifatidagi rolini alohida ta’kidladi. Uning tanqidiy maqolalari o‘zining uslubiy aniqligi va badiiy nafisligi bilan ajralib turishi, ularni milliy adabiyotshunosligimizning eng nodir namunalari qatoriga qo‘shishi ta’kidlandi.

  

Konferensiya davomida Ibrohim Gofurov ozi ham sozga chiqib, unga ko‘rsatilgan ehtirom va hurmat uchun minnatdorchilik bildirdi. Oz nutqida u tarjimonlik faoliyatining muhim jihatlari, asarlarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklar va jahon adabiyoti durdonalarini ona tilimizga o‘girish jarayonidagi mas’uliyat haqida fikrlarini bildirdi. Shuningdek, yosh avlodni milliy va jahon adabiyotini chuqur o‘rganishga undab, bunday tadbirlar yosh iste’dodlarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

  

Ushbu ilmiy anjuman milliy adabiyotimizning buyuk siymolaridan biri bo‘lgan Ibrohim Gofurov ijodini yana bir bor yuksak qadrlashga va uning boy merosini yangi avlodga yetkazishga xizmat qildi. Alisher Navoiy nomidagi ToshDOTAUda o‘tkazilgan ushbu konferensiya milliy adabiyotimiz va tarjimonlik sanatiga bo‘lgan etiborni yanada mustahkamlashda muhim qadam boldi.