Yangiliklar

img
Wed, 01/29/2025 - 11:07

Hokim va talabalar uchrashuvi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentining 2025-yil 17-yanvardagi 30/1-57-son topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari Raximova Durdona Shukurullayevna, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allaberganova  va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi vakili Bobur Mirzayev ishtirok etdi.
Uchrashuvda Yakkasaroy tumani yoshlarining muammo va takliflari oʻrganildi, shuningdek, yil davomida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan respublika darajasida hal etilishi kerak boʻlgan muammo va takliflar koʻrib chiqildi. Uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolarini hal etish va yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qildi.

 

Tadbir davomida yoshlarning faol ishtiroki va ularning takliflari respublika miqyosida yoshlar siyosatini rivojlantirishga muhim hissa qoʻshadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning manfaatlarini himoya qilish va ularning ijtimoiy-maʼnaviy rivojlanishiga yordam berish maqsadida muntazam ravishda oʻtkazib boriladi.