
Hojattepa universiteti vakillari universitetimizda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qardosh Turkiyaning bir qator OTMlari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatgan. Bu hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanub, turli yoʻnalishlarni qamrab olmoqda. Xususan, joriy yilning 3-may kuni unuversitetimizda Hojattepa universiteti Turkologiya tadqiqotlari instituti direktori tarix fanlari doktori, professor Yunus Koch hamda mazkur universitetning direktor o‘rinbosari filologiya fanlari doktori, professor Mikail Jengiz mehmon boʻldi.
Mehmonlarni ToshDOʻTAU xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi. Suhbat jarayonida Erasmus dasturi doirasida ikki universitet hamkorlikda talabalar va professor-oʻqituvchilarning akademik almashinuviga oid loyiha tayyorlash masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar ikki universitet o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro Erasmus dasturi asosida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning tajriba almashishini ta’minlash, xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘zbek tili hamda adabiyotining xorijdagi tadqiqi va ta’limi uchun yangi nazariy manbalarni yaratish, turkologiya sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildi, istiqboldagi rejalarni belgiladi. Jumladan, Hojattepa universiteti Turkologiya institutining Scopus bazasida indekslangan "Turk tarix jamiyati byulleteni" (Türk Tarih Kurumu Belleten dergisi)da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti olimlarining ilmiy maqolalarini chop etish, hammualliflikda ilmiy maqolalar tayyorlash masalasi muhokama qilindi. professor Yunus Koch mazkur jurnal muharriri bo'lib, ToshDO'TAUda shakllangan ilmiy maktablarning salohiyatini e'tirof etdi. O'z navbatida o'zbek olimlarining tadqiqotlarini shunday nufuzli jurnalda nashr etish jahon turkologiyasi rivoji uchun ham manfaatli ekanini ta'kidladi.
Hojattepa universiteti jahon universitetlari orasida 554-o'rinni qayd etgan bo'lsa, Turkiya OTMlari orasida 1-o'rinni egallagan.