Yangiliklar

img
Thu, 04/13/2023 - 14:23

Hamkorlikning amaliy imkoniyatlari

Universitetimizning 4 nafar talabasi va O‘zbek tili talimi fakulteti dekani S. Muhamedova, Raqamli texnologiyalar va kompyuter lingvistikasi kafedrasi o‘qituvchisi Z. Husainovalar akademik alamashinuv doirasida  Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida bo‘lib turishibdi.
Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida O‘zbekiston vakillarini Turkologiya Markazi direktori professor Mirvari Ismailova, filologiya fakulteti dekani o‘rinbosari dotsent Kyunul  Gasanova, "Hozirgi ozarbayjon tili" kafedrasining mudiri, dotsent Kyunul   Samadovalar iliq kutib olishdi. Jarayonda adabiyot o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha bir nechta darslar - ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar kuzatilib, ularning tahlili o‘tkazildi. Turkologiya Markazida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. ToshDO‘TAU vakillarini ODPU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, professor Maxire   Guseynova qabul qildi. Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda  har ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarni jadal rivojlantirish, ya'ni ilmiy, ilmiy- amaliy, metodik, madaniy - ma'rifiy sohalarda  hamkorlik qilish, professor - o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda ODPU Turkologik tadqiqotlar markazi qoshida O‘zbek tili va madaniyati Markazini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi hamda bo‘lg‘usi Markaz uchun O‘zbekistondan keltirilgan lug‘atlar, darsliklar, badiiy asarlar sovg‘a qilindi. Eng muhimi - talabalar o‘zlariga yangi do‘stlar orttirib, ozarbayjonlik tengdoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lishga, fikr, tajriba, almashib turishga kelishib olishdi.