
Hamkorlik davom etadi
Avval xabar berganimizdek, Koreya ko'ngillari tashkiloti (KIDC) vakillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik o'rnatgan edi. Unga ko'ra KIDCning 15 nafar ko'ngillisi to'rt oy davomida , ya'ni shu yil so'nggiga qadar ToshDO'TAUda o'zbek tili va madaniyatini o'rganadilar. Ular orasidan 5 nafar ko'ngilli Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda talabalariga koreys tilini o'rgatishmoqda. Joriy yilning 6-noyabr kuni KIDC tashkiloti boshqaruvchisi Moon Hyun Djing ToshDO'TAUda bo'lib, o'zaro hamkorlikning istiqbollari haqida Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Nozliya Normurodova bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ko'ngillar uchun o'tilayotgan o'zbek tili darslarining sifati va til o'rganuvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari muhokama qilindi. Mehmonlar "O'zbek maktabi"da o'tilayotgan o'zbek tili va madaniyati darslarining sifatidan minnatdor ekanliklarini qayd etdilar. Shuningdek, 2025-yilning mart oyida koreyalik ko'ngillarning yana bir katta guruhi O'zbekistonga kelishi kutilayotgani hamda ular ham aynan "O'zbek maktabi"da o'zbek tilini B1 darajada o'rganishi belgilandi.
Ta'kidlash o'rinliki, "O'zbek maktabi"da bugungi kunga qadar 600 dan ortiq xorijliklar o'zbek tilini A1 dan to C2 darajagacha o'rganishga muvaffaq bo'lganlar. Bugungi kunda ham ushbu markazda 100 ga yaqin til o'rganuvchilar o'zbek tili va madaniyati o'rganishmoqda.