Yangiliklar

img
Tue, 11/12/2024 - 20:03

Gumboldt universiteti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 11-15-noyabr kunlari universitetimiz xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Nozliya Nozmurodova Germaniyaning Gumboldt universiteti Osiyo va Afrika tadqiqotlari instituti taklifiga binoan xizmat safarida boʻladi.
Tashrif davomida vakilimiz Osiyo va Afrika tadqiqotlari institutining Transmintaqaviy Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo‘limida boʻlib, ikki universitet hamkorligining keyingi bosqichlarini muhokama qiladi va istiqboldagi muhim masalalar boʻyicha loyihalarga start beriladi. Ma’lumki, Nozliya Normurodova Yevropa Ittifoqining Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha ekspertlar milliy jamoasining a’zosi sanaladi. U xalqaro arenada Oʻzbekiston oliy tizimidagi muhim masalalar boʻyicha ekspert sanaladi va mamlakatimiz oliy ta’lim sohasi xodimlarini tamsil etadi. Bu nuqtayi nazardan uning taqdimotlari yurtimizda mazkur sohani xalqarolashtirishda muhim ahamiyatga egadir. U Erasmus+ dasturining bir nechta loyihalari koordinatori sifatida ham Yevropa ta’lim muassasalati, xususan, Gumboldt universiteti bilan muloqitlar olib boradi.   2023-yilda Gumboldt universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘zbek tili o‘qituvchisi Ayfer Durdu ToshDOʻTAUda mehmon bo‘lgan edi. Ikki universitet hamkorlikda Erasmus+ dasturining akademik mobillikka asoslangan yirik loyihasi gʻolibi sanaladi. Bu loyiha nafaqat turkologiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlarini qamrab olgan, balki etnografiya, antropologiya, siyosatshunoslik kabi yoʻnalishlarda sohalararo tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy izlanishlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgandir.

 

Bundan tashqari ToshDOʻTAU huzuridagi “Oʻzbek maktabi” mutaxassislari haftada ikki marta Gumboldt universitetida oʻzbek tilini oʻrganayotgan talaba va tadqiqotchilar uchun onlayn darslar oʻtishi rejalashtirildi.

 

Tez orada vakilimiz mazkur institut rahbari bilan uchrashib, kelgusidagi vazifalarning aniq mexanizmlarini muhokama qilishi va yakuniy strategik faoliyatni belgilashi kutilmoqda.