Yangiliklar

img
Fri, 04/07/2023 - 14:08

G'oliblarni tabriklaymiz

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari hamda talaba yoshlari o'rtasida tashkil etilgan turli tanlovlarning g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 
Marosimda turli mavzularni o'z ichiga olgan sakkizta tanlovning g'oliblari munosib taqdirlandilar. 
Xususan, joriy o'quv yilida “Islohotlar bilimdoni” respublika koʻrik-tanlovining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgan universitetimizning Til nazariyasi kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Zulxumor Xolmanovaga mukofotlari tantali topshirildi. 


Talabalarimiz Durdona Rahmonova, Feruza Asatullayeva, Charos Avazovalar ham turli tanlovlarning sovrindorlari safidan o'rin egallashgan  hamda bugun taqdirlanishdi. 


Mukofotlangan universitetimiz vakillarini yana bir bor murakbod etamiz!