Yangiliklar

img
Thu, 04/20/2023 - 15:33

Globallashuv jarayonida islomni tushunish masalalari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Sotsiologiya ta'lim yo'nalishi talabalari va ustozlari uchun qiziqarli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv mehmoni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, sotsiologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda sotsiologiya ilmiy maktabiga asos solgan olim  Bahrom Farfiyev bo'ldi. Uchrashuvda mafkuraviy immunitetni shakllantirish – barkamol avlod tarbiyasining muhim omili ekanligi, ayniqsa, tezkor axborot asrida dinni niqob qilib olgan siyosiy kuchlar, missionerlik, ekstremistik, terroristik mazmundagi g‘oyalar uchun yo‘l ochib bermaslik muhimligi alohida qayd etildi. Shu maqsadda islom ta’limoti va uning asoslarini o‘rganish, uni to‘laqonli ravishda asl manbalar orqali tushuntirish va bunga bag‘ishlangan tadqiqotlar o‘tkazish eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmas vazifalardan biridir. Ijtimoiy barqarorlik hodisasi har qanday jamiyat taraqqiyotining muhim poydevori bo‘lib xizmat qiladi, – deydi  Bahrom Farfiyev. – Jamiyat barqarorligini saqlashda islom dinining tolerantlik tamoyili o‘ziga xos o‘ringa egaligi kundalik va ijtimoiy hayotimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tolerantlik hodisasi ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatlarda nozik masala sanaladi. Yurtimizda ko‘p millat vakillari istiqomat qilib, turli konfessiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash bosh vazifaligini aytib o'tdi.


Uchrashuv davomida olimning "Sotsiologiya" darsligining taqdimoti ham bo'lib o'tdi.