Yangiliklar

img
Thu, 03/27/2025 - 14:57

Global ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDOTAUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib otdi. Ushbu tadbir xalqaro talim imkoniyatlariga qiziquvchi talabalar va professor-oqituvchilar uchun muhim axborot maydoniga aylandi.
Muloqotning asosiy mavzusi – Erasmus Mundus qoshma magistratura (EMJM) dasturi imkoniyatlari boldi. Spiker, Ozbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi loyiha menejeri Makhmudjon Utkurov, ushbu nufuzli dastur haqida batafsil malumot berib, uning tuzilishi, afzalliklari, moliyaviy qollab-quvvatlash imkoniyatlari va ariza topshirish jarayoni haqida tushuntirish berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar EMJM dasturining global ta’lim tizimidagi o‘rni, xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari hamda ushbu dastur orqali dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qish imkoniyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va o‘z akademik kelajaklari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishdi.

  

Onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan tadbir xalqaro grant dasturlariga qiziqqan barcha uchun katta ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, tadbirni kuzata olmaganlar yoki qayta ko‘rishni istaganlar uchun jonli efir ushbu havola orqali taqdim etildi:  Havolaga o'tish