
Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar
Joriy yilning 11 – 12-may kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Turkiyaning Turk Dil Kurumu va Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikda “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Anjumanda hamkor tahkilot rahbarlari hamda Rossiya Federatsiyasining Xakasiya, Tuva, Tatariston Respublikalari, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston kabi davlatlarning taniqli tilshunos olimlari ishtirok etdi.
Yuzdan ortiq olimlarning ilmiy tezislari, ma’ruza va maqolalari muhokama qilingan anjuman Oʻzbekistonda turkologiya fani rivoji, turkiy xalqlar ilm-fanida muhim ahamiyat kasb etdi.