Germaniyalik olimlarning o'zbekcha darsi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga Gemaniyaning mashhur Humboldt universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘zbek tili o‘qituvchisi Ayfer Durdu va olim Fransua Omer mehmon bo'lib turibdi. Avval xabar berganimizdek, Humboldt universiteti bilan Erasmus+ doirasida yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugun olima Ayfer Durdu hamda sharqshunos Fransua Omer universitetimiz magistrantlariga o'zbek tilining xorijda o'rganilishi, o'zbek adabiyotiga G'arb ilmiy jamoatchiligining e'tibori xususida ma'ruza qildilar. Yevropalik olimlarning o'zbek tilida ravon so'zlashi, jumladan, o'zbekcha ma'ruza o'qishi talabalar uchun quvonarli bo'ldi. Mashg'ulot ochiq muloqot shaklida davom etdi va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.




