Wed, 10/11/2023 - 16:40
Germaniyalik mutaxassis taklifi
2023-yil 10-oktabr kuni universitetimizda Sharqiy Yevropadagi Freie Universität Berlin Aloqa byurosi direktori Tobias A.Shtudeman mehmon bo'ldi.
Mehmon Tarjima nazariyasi va amaliyoti kaefdrasi mutaxassislari bilan muloqot qildi. Jumladan, mazkur kafedra mudiri Ziyoda Teshaboyeva “Boburnoma”ning nazariy tadqiqi va tarjimalari haqida yozgan kitobi bilan tanishtirdi. Janob Studeman o‘zbek tilidan nemis tiliga va nemis tilidan o'zbek tiliga tarjima qiluvchi mutaxassislar uchun maxsus kurs tashkil etish va bu kursni universitet o‘quv dasturiga kiritish itaklifini bildirdi. Shuningdek, Alisher Navoiy, Bobur kabi atoqli o‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlarini nemis tiliga tarjima qilish bo'yicha fikr almashildi.


