"Fuzuliy dilbandlari' Ozarbayjonda
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi "Fuzuliy dilbandlari" to'garagi a'zolaridan bir guruhi Ozarbayjonda bo'lib turibdi. O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi adabiy-madaniy aloqalar bugungi kunga har qachongidan-da jadal rivojlanmoqda. iqtidorli va ijodkor yoshlardan iborat guruhning qardosh Ozar diyoriga tashrifi ham ana shu do'stona aloqalar mahsulidir. 8 nafar to'garak a'zolaridan iborat delegatsiya Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladilar, Shahidlar xiyoboni, Eski shahar, Qiz qal'asi va Shushada bo'lib, madaniy yodgorliklar bilan yaqindan tanishadilar. Safar davomida ular ozarbayjonlik buyuk ijodkorlar, olimlar bilan suhbatlashishlari, zamonaviy ozarbayjon adabiyoti, tarjimashunosligi namoyondalari bilan uchrashishlari rejalashtirilgan.





