Yangiliklar

img
Wed, 01/25/2023 - 12:37

Fransiyalik pedagog talabalarimizga saboq beradi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti fransuz tili yo'nalishida ta'lim oluvchi talabalarga fransiyalik mahoratli pedagog Charlotte Bonin saboq beradi. Universitetimizda xorijlik mutaxassislarni ta'lim jarayoniga jalb qilish bo'yicha yaxshi tizim yo'lga qo'yilgan. Bu borada xorijiy hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va xayriya jamg'armalari bilan tuzilgan shartnomalar asos bo'lmoqda. 
Charlotte Bonin xonim Fransiyaning nufuzli Université d'Artois oliygohi bitiruvchisi. Mahoratli pedagog fransuz tili egasi bo'lishi bilan bir qatorda rus, ingliz va ispan tillarini ham biladi. U o'zbekistonlik talabalarga fransuz tilining jozibasi, uning o'ziga xos jihatlariva fransuz  adabiyotini to'g'ri interpretatsiya qilish borasida darslar olib boradi. 


24-yanvar kuni Charlotte Bonin ToshDO'TAU xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova qabulida bo'lib, universitet haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ldi va ta'lim jarayoni xususidagi barcha savollariga javob oldi. 
Shu haftadan boshlab fransiyalik muallima universitetimizda dars mashg'ulotlarini boshlaydi.