Yangiliklar

img
Thu, 04/13/2023 - 17:55

Frankofoniya kuni nishonlandi

2023-yil 13-aprel kuni Alisher  Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan  Xalqaro frankofoniya kuniga bag'ishlab "Yashasin Fransiya" mavzusida bayram  tashkil etildi.  Tadbirda Fransiya elchixonasi va Toshkent Fransuz  Alyansi vakillari mehmon bo'ldi. Bayram dasturi fransuz tili yo'nalishi talabalari tomonidan tayyorlandi.   
Tadbirni universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha  prorektori N.Z.Normurodova ochib berdi,  shuningdek, Fransuz Alyansi direktori Dilshod Ahmedov hamda Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi xalqaro hamkorlik va madaniyat ishlari bo'yicha maslahatchi Laurent ORIOL so'zga chiqdi. Mehmonlar o'z tabrik so'zida universitetimiz rahbariyati  va talabalariga samimiy taklif, go'zal bayram hamda o'zbekona e'tibor uchun o'z minnatdorchiligini  bildirdi.


Tadbirda yo'nalish talabalari tomonidan fransuzcha raqslar, qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari ijro etildi. Bayram  yakunida talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.


Xalqaro frankofoniya kuni – bu fransuz tilida so'zlashuvchilar, ushbu tilni sevib o'rganayotganlar bayrami.  Bugungi kunda Xalqaro Frankofoniya Tashkiloti tarkibida 56 davlat va hukumat a'zolari, 14 kuzatuvchilar birlashgan, bu 803,44 million kishi demakdir, shulardan 200 millioni fransuz tilida gapiradigan insonlarni tashkil etadi. Tashkilot 5 qit'ada o'z vakolatxonasiga ega, Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolarining uchdan bir qismi tashkilotga kirgan.