Filologik komparativistika va tarjimaşunoslik masalalari
2026-yil 19-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Filologik komparativistika va tarjimaşunoslik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Xalqaro miqyosdagi anjumanda Özbekiston, Buyuk Britaniya, Misr, Turkiya, Eron, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Koreya Respublikasi va boşqa mamlakatlardan olimlar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar hamda yoş ilmiy izlanuvçilar iştirok etdi.
Konferensiyaning oçiliş marosimida universitet rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinovning tabrik sözlarini Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektor Gulnoza Jörayeva öqib eşittirdi. Şuningdek, Şveytsariya elçixonasi vakillarining qutlov sözlari Hafiza Qöçqorova tomonidan yetkazildi. Özbekistondagi Gyote instituti direktori Barbara Anna Bernsmeier ham anjuman iştirokçilariga öz tabrigini yölladi.
Yalpi majlisda Misr, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya, Eron va Özbekiston vakillari tomonidan filologiya fanining dolzarb masalalariga bağişlangan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Xususan, tarjimaning millatlararo va madaniyatlararo muloqotdagi örni, özbek mumtoz şe’riyatini ingliz tiliga tarjima qiliş, jadid adabiyotşunosligining tipologik xususiyatlari, tarix va afsona munosabati kabi masalalar muhokama qilindi.

Ilmiy muhokamalar uçta şöba doirasida davom etdi. “Tarjimaşunoslik masalalari” şöbasida badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti, milliy koloritni qayta yaratiş, sun’iy intellekt va inson tarjimasi, maşina tarjimasi hamda parallel korpuslar masalalari körib çiqildi.
“Lingvistik komparativistika va qiyosiy adabiyotşunoslik masalalari” şöbasida tillarning leksik, grammatik, semantik va pragmatik xususiyatlari, lingvomadaniy birliklar, milliy tafakkur va til munosabati, gender reprezentatsiyasi hamda adabiy jarayonlarning tipologik jihatlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
“Komparativistika va tarjimaşunoslik masalalari yoş tadqiqotçilar nigohida” şöbasi esa yoş olimlar va mustaqil izlanuvçilarning ilmiy izlanişlarini namoyiş etiş, ularning tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy muhitda muhokama qiliş imkonini berdi.

Konferensiya doirasida sun’iy intellekt, neyrolingvistika, lingvopragmatika, maşina tarjimasi va parallel korpuslar kabi zamonaviy yönalişlarga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa anjumanning an’anaviy filologik tadqiqotlar bilan bir qatorda, raqamli texnologiyalar va yangi metodologik yondaşuvlarni ham qamrab olganini körsatdi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya filologik fanlar integratsiyasini kuçaytiriş, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, tarjimaşunoslik va qiyosiy tilşunoslikning dolzarb muammolarini muhokama qiliş hamda yoş tadqiqotçilar ilmiy salohiyatini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.
Konferensiya universitet Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan gibrid şaklda taşkil etildi.

