Yangiliklar

img
Wed, 02/14/2024 - 15:58

Faxriylar tajribasi yoshlarga o‘rnak

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda "Faxriylar tajribasi yoshlarga o‘rnak" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Faxriylar Kengashi vakillari, O‘zLiDeP Toshkent shaxar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, raisning birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati Gavharoy To'xtasinova, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktirisasi, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi huzuridagi faxriylar Kengashi a’zolari, partiya faollari, universitet rahbariyati, o‘qituvchi va talabalar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
 So‘zga chiqqanlar quyidagilarni ta’kidlab o‘tishdi. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilingani barchani g'oyat quvontirdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo'yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirilmoqda.  Darxakikat, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi ya’ni, 60 foizga yaqinini 19 milliondan ortig'ini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlarimizni vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Nuroniy faxriylarimiz bilim va tajribalarini yoshlarga o‘rgatib kelmoqdalar va ularga o‘rnak bo‘lmoqdalar. Bizning tayanch tog‘imiz bo'lgan faxriylarimizning ibratli hayot yo‘lidan har qancha o‘rnak olsak arziydi. Yoshlar tarbiyasida faxriylarimiz namunasi o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatib bormoqda. Eng muhim jihat o‘qish va uqish, halol mehnatga muhabbatni shakllantirish orqaligina baxtli yashash mumkinligiga ishonch orttirishdir.  Tadbir savol-javoblarga boy  ko‘tarinki ruhda  o‘tdi.