Yangiliklar

img
Tue, 06/17/2025 - 11:45

Farangiza Norbekovaning dissertatsiyasi muhokamasi haqida e'lon

2025-yil 20-iyun kuni soat 09:00 da B blokdagi 309-auditoriyada “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” hamda “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilishda Norbekova Farangiza Shuxrat qizining “DISCOVERY kanalidagi ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar o‘zbekcha tarjimasining qiyosi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Ushbu tadqiqot filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.

Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Z. Q. Teshaboyeva.
Taqrizchilar:
– filologiya fanlari doktori, professor S. Muhammedova
– filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent H. Turdiyeva

 Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!