Yangiliklar

img
Sat, 12/21/2024 - 18:53

Erkin Vohidov ijodiy merosi va turkiy adabiyot masalalari

2024-yil 21-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bag‘ishlangan “Erkin Vohidov ijodiy merosi va turkiy adabiyot masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Erkin Vohidovning ijodiy merosi turkiy xalqlar adabiyotidagi o‘rni va uning “So‘z latofati” asarining umumturkiy ahamiyati haqida to‘xtaldi. TURKSOY rahbari Sultan Raev o‘z murojaatida asarning turk va ozarbayjon tillariga tarjimalari haqida iliq fikrlar bildirdi. Ozarbayjonlik olima Almaz Ulvi Binatova esa “So‘z latofati”ning Ozarbayjondagi taqdimoti va asarning ilmiy-amaliy jihatlari haqida so‘z yuritdi.
Anjumanda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, “Jahon adabiyoti” bosh muharriri Ahmadjon Meliboev, xalq yozuvchisi Xurshid Do‘stmuhammad, O‘zbekkino milliy agentligi direktori Shuhrat Rizaev, ozarbayjonlik olima Huraman Murodova, “Turon” Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Hajiakbar Hamidov, xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomagrupov, shoirning o‘g‘li Xurshid Vohidov, Rustam Mirvohid va boshqa taniqli adiblar hamda san’atkorlar ishtirok etib, Erkin Vohidovning ijodi haqida yodgorlik va qimmatli fikrlarini bildirishdi.