Yangiliklar

img
Thu, 05/29/2025 - 14:13

Erasmus+ dasturi doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik

2025-yil 19–23-may kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Akmal Abdiyev Erasmus+ dasturining “Staff Mobility for Teaching” yo‘nalishi doirasida Polshaning Bialstok universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi xorijiy oliy ta’lim muassasasida dars berish, pedagogik tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat edi.
Tashrif davomida Akmal Abdiyev Bialstok universiteti filologiya fakultetida “Friendship”, “War and Conflict”, “Road Travel” va “Changing World” mavzularida 4 ta interaktiv dars mashg‘ulotini muvaffaqiyatli olib bordi. Darslar talabalarning faolligi va o‘rganishga bo‘lgan intilishi yuzasidan yuqori baholandi. Shu bilan birga, mahalliy o‘qituvchilar bilan tajriba almashish va universitetlararo kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Loyiha koordinatori bilan bo‘lgan uchrashuv natijasida ikki tomonlama hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

  

Safar yakunida Akmal Abdiyevga “Program Completion Confirmation” sertifikati topshirildi, bu uning o‘tkazgan darslarning rasmiy tasdig‘i hisoblanadi. Ushbu tajriba nafaqat pedagogik jihatdan, balki madaniy almashinuv va xalqaro aloqalarni mustahkamlash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Akmal Abdiyev ushbu tajribani o‘z hamkasblari bilan bo‘lishish va kelajakda yangi loyihalarda faol ishtirok etish niyatida ekanligini bildirdi. Erasmus+ doirasidagi bunday tashriflar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.