Eng yirik innovatsion haftalikka start berildi
Xabaringiz bor, respublikamiz bo’ylab eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligiga start berildi.
Bu yilgi haftalik “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida o’tkaziladi.
Haftalik doirasida ko’rgazmalar taqdimoti, xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan uchrashuv va kelishuvlar, xalqaro shartnomalar, konferensiya va forumlar tashkil etiladi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida ham haftalik koʻtarinki kayfiyat, oʻzgacha shukuh bilan boshlandi. Haftalik ochilishiga bagʻishlangan davra suhbatida universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori O. Jamoldinova soʻzga chiqib, barcha sohalar singari filologiyaga ham raqamli texnologiyalarni olib kirish, uni axborot texnologiyalari bilan integratsiya qilish zarurati oshib borayotganini ta’kidladi. Haftalik davomida universitetda bir qator tadbirlar va tanlovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


