Yangiliklar

img
Thu, 05/15/2025 - 18:01

“Eng yaxshi esselar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 17-martdagi SQ-89-V-sonli qarori va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 13-maydagi 175-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash hamda talabalarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat.
Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan ijodiy yondashuvi va mustaqil fikrlashi bilan ajralib turgan talabalar ishtirok etishdi. Ular “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida esse yozishdi. Ishlar malakali hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholandi.

 

Tanlov yakuniga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Universitet bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba tanlovning hududiy (mintaqaviy) bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.