Yangiliklar

img
Thu, 10/08/2026 - 18:28

E’lon! Professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tash va malaka oshirish uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 28-maydagi “O‘zbekiston va Turkiya rektorlari to‘rtinchi forumi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan” 02-PA 1/1-2822xdfu-son topshirig‘ining 2.1-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari uchun Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tash va malaka oshirish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun universitet Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish shartlari

  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida asosiy shtatda professor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi;
  • Kamida 2 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;
  • Turk yoki ingliz tilini stajirovka dasturida ishtirok etish uchun yetarli darajada bilishi (B2 darajasi yoki unga teng bilimga ega bo‘lishi);
  • So‘nggi 3 yil davomida ilmiy-pedagogik faoliyatda muayyan natijalarga erishgan bo‘lishi (ilmiy maqolalar, o‘quv-uslubiy ishlanmalar, xalqaro loyihalarda ishtirok va boshqalar);
  • Stajirovka maqsadi va kutilayotgan natijalarini asoslab bera olishi;
  • Stajirovka davomida o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarni universitetning ta’lim hamda ilmiy faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha aniq takliflarga ega bo‘lishi.
  • Tanlov uchun talab etiladigan hujjatlar
  • Universitet rektori nomiga ariza;
  • Ma’lumotnoma (CV);
  • Ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa);
  • Stajirovka maqsadi va kutilayotgan natijalari bayon etilgan motivatsion xat (1–2 bet);
  • Xorijga chiqish pasporti nusxasi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 30.10.2026
Hujjatlarni topshirish joyi: Universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi.