Yangiliklar

img
Fri, 05/09/2025 - 18:56

E’lon!

2025-yil 14-may kuni soat 10:00 da 210-auditoriyada , Oʻzbek tilshunosligi, Nazariy va amaliy tilshunoslik hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedralarining qo‘shma yig‘ilishida Muratxodjayeva Feruza Xotamovnaning “Inson ruhiyatini ifodalovchi leksikaning diskursiv-semantik va lingvokognitiv xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi.

Mazkur ish 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan.
• Ilmiy maslahatchi: f.f.d., prof. D. Baxranova
• Taqrizchilar:
• f.f.d. (DSc), prof. Z. Teshaboyeva
• f.f.d. (DSc), dots. M. Abdurahmonova
• f.f.d. (DSc), prof. v.b. M. Hakimova

Barcha ilmiy xodimlar, doktorantlar va talabalar ishtirok etishlari uchun taklif etiladi.