Yangiliklar

img
Sat, 08/19/2023 - 15:13

Ekofaollar bayrami

2023-yil 18-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida ilk bor "EduCO Fest" yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – ekologiya sohasidagi ta’limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Festival Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tashkil etildi. 

 

"EduCO FEST" taʼlim va ekologiyaning o'zaro uyg'unligi boʻlib, Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega boʻlgan yashil taʼlim konseptsiyasini targʻib qilish, ularning Oʻzbekistondagi yashil taʼlim sohasidagi joriy va yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu festivalda bizning universitet talabalari ham faol qatnashishdi. Loyiha doirasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual oʻyinida universitetimizning "Toza havo" jamoasi munosib ishtirok etdi.