Yangiliklar

img
Wed, 09/13/2023 - 20:45

Dushanbeda Markaziy Osiyo rektorlari forumi oʻtkazildi

13-14- sentabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi o'tkazildi. Rektorlar forumining asosiy maqsadi universitetlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama aloqalarni maksimal darajada rivojlantirishdan iborat hamda shu orqali fan va ta’lim namoyandalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik muhiti yaratish, milliy oliy ta’limni xalqarolashtirish jarayonini kuchaytirish, talabalar almashinuvi va o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish yo‘llarini kengaytirishga qaratilgan.  Forumda O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston  va Qirg'iz respublikalaridan mas'ul vazirliklar rahbarlari, yuzga yaqin oliy ta'lim muassasalari rektorlari qatnashishi ko'zda tutilgan. 
Forumning  tantanali ochilish marosimi Tojikiston Milliy universitetida bo'lib o'tdi.


Forum doirasida belgilangan sessiyalarida Markaziy Osiyo oliy taʼlim muassasalarini raqobatdoshligini oshirish imkoniyatlari va istiqbollari, Baloniya taʼlim tizimining sifatli kadrlar tayyorlashga taʼsiri, taʼlim va ilmiy xalqarolashtirishning zamonaviy vektorlari kabi bir qator dolzarb mavzularda maʼruzalar tinglandi. Xususan, ushbu tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov "Hamkorlik va taraqqiyot: ToshDO'TAU misolida oliy taʼlim sohasida ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish yoʻllari" mavzusida ma'ruza qildi.


Ushbu yirik xalqaro tadbirning amaliy natijalaridan biri sifatida Qirg'iz Respublikasining O‘sh davlat  universitetida O‘zbek tili va madaniyati markazini ochilishi bo'yicha aniq takliflar tayyorlandi va ma'qullandi. Bundan tashqari L.Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti bilan O‘zbek tili va madaniyati markazini metodik qo‘llanmalar  bilan boyitish, xalqaro reytinglar -  THE impact ranking, QS doirasida ilmiy va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijlik talabalar sonini oshirish, Turkologiya, gumanitar fanlar yo‘nalishida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


A.Mirsabekova nomidagi O‘sh davlat universiteti bilan ham keng ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshirish, milliy va xalqaro dasturlarni an'anaviy  ravishda tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning stajirovkalarini yo'lga qo'yish bo‘yicha hamkorlik hamkorlik o'rnatildi.


O‘. Margulan nomidagi Pavlodar pedagogika universiteti bilan akademik va ilmiy sohalarda tajriba almashish, birgalikda ilmiy anjumanlar tashkil etish, akademik almashinuvni yo'lga qo'yish  bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.