
Dunyo davlatlari - virtual sayohat
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.A. Kurbanova tomonidan Rus tili fanidan «Страны мира. Виртуальное путешествие» mavzusida 3-kurs talabalari ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi. Darsda nafaqat auditoriya talabalari, balki ko‘plab talabalar onlayn tarzda ham faol ishtirok etdilar.
Mahorat darsi davomida talabalar Shvetsariya va Angliya davlatlarining yirik iqtisodiy va moliyaviy markazlari, sanoatlashgan hududlari, shuningdek, ushbu mamlakatlardagi ta’lim tizimi haqida batafsil va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur dars rus tilidagi og‘zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qilgan bo‘lib, talabalar o‘zlari borgan va ko‘rgan davlatlar haqida rus tilida bir-birlariga hikoya qilish orqali mashq bajarishdi.
Mazmunan boy va interaktiv tarzda tashkil etilgan mahorat darsi talabalar uchun ilhom baxsh etuvchi, faol va samarali o‘tdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar rus tilidagi bilim va nutq ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.