Yangiliklar

img
Tue, 06/25/2024 - 21:26

Dolzarb mavzudagi xalqaro seminar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Turkiy tillardagi ibora va maqollarning lisoniy-madaniy xususiyatlari”   mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi. 
Seminarni Universitetni strategik rivojlantirishbo‘yicha rektor maslahatchisi  filologiya fanlari  bo‘yicha falsafa doktori,  dotsent  Nodirbek Jo‘raqo‘ziyev kirish so‘zi bilan ochdi va ToshDO‘TAU rektori akademik Shuhrat Sirojiddinovning tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.
Xalqaro ilmiy seminarni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova olib bordi.
Anqara Hoji Bayram Vali universiteti Hozirgi turkiy tillar va adabiyot bo‘limi boshlig‘i filologiya fanlari doktori, professor Mehmet Fatih Kirishchio‘g‘lu, filologiya fanlari doktori, Sayidnazar Saydi nomidagi Turkman davlat Pedagogika instituti professori Norbibish Shammayeva, filologiya fanlari doktori, Anqara universiteti professori Erkin Emet, filologiya fanlari doktori, Firat universiteti professori Erjan Alkaya, filologiya fanlari doktori, Manas nomidagi Xalqaro qirg‘iz-turk universiteti dotsenti Muhittin Gumush, filologiya fanlari doktori, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiTurkologiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiyxodimi Emrah Yilmaz, Ozarbayjon Milliy FA Tilshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Qatiba Mahmudova, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori filologiya fanlari nomzodi, dotsent RohilaRo‘zmanova, Qozog‘iston Respublikasi Shokarimnomidagi Milliy universitet Filologiya oliy maktabi dekani filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Asem Kasimova, ToshDO‘TAU katta o‘qituvchisi Sabohat Bozorovaning ma’ruzalarida turkiy tillar frazeologiyasiga oid muhim masalalarga to‘xtalindi, sohadagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashildi, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

  

Xalqaro ilmiy seminarda ToshDO‘TAU hamda hamkor xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilari ham ishtirok etdi.