Yangiliklar

img
Wed, 10/18/2023 - 17:21

Dolzarb mavzudagi vebinar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Inno-WEEK-2023» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 2023- yil 18- oktabr kuni Chikov Maksim Borisovich (Rossiya Federatsiyasi Uzluksiz ta’lim instituti direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika  universiteti dotsenti)  spikerligida “Frazeoekstraktor dasturi”  mavzusida xalqaro vebinar o‘tkazildi. Vebinarda ToshDO‘TAU va NDLU professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistrantlari  qatnashdi.
“Frazeoekstraktor” dasturi yordamida soniyalar davomida  bir nechta tillardagi (hozirda rus, ingliz, nemis, fransuz) matnlardan iboralarni ajratib olish mumkin.  Shuningdek, dasturning qo‘shimcha funksiyasi sifatida   matndagi so‘zlarni so‘z turkumlari bo‘yicha ajratib, ularning  boshqa so‘zlar bilan birikuvchanligi ko‘rsatib beriladi.
“Frazeoekstraktor” dasturini har qanday matnga  nisbatan qo‘llash mumkin, undan har qanday hajmda va har qanday maqsadda foydalanish (so‘z birikmalari yoki nutq qismlarini ajratishda)  mumkin. Dastur o‘qituvchilar uchun o‘quv materiallarini tayyorlash, masalan, matnlardan iboralarni ajratib, ular bo‘yicha topshiriqlar, mashqlar tayyorlash, o‘qituvchiga nazorat qilish, o‘quv manbalari va lug‘atlarni yaratish imkonini beradi. Shuningdek, talabalar ham, masalan, katta romandan barcha so‘z birikmalarini, so‘z turkumlarini (ot, sifat, son, fe’l)larni ajratib olib,bu bo‘yicha muayyan vazifalarni  bajarishi mumkin. Vebinarda, Chikov Maksim Borisovich, shuningdek, NDLUga tegishli bo‘lgan  tarjima xotirasi tizimini ham  namoyish qildi va bu  tizimdan bizning universitetimiz professor -o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari bepul tarzda  foydalanishlari   mumkinligini ma’lum qildi.
Ma’ruzachi  vebinar ishtirokchilarining bir qancha savollariga batafsil javob berdi. Vebinarda bu boradagi hamkorlik bo‘yicha yangi rejalar ham kelishib olindi.