Dolzarb mavzuda mahorat darsi
Poytaxtimizdagi Rus uyida oliy ta’lim muassasalarining rus tili o‘qituvchilari uchun “Toshkent uslubiy laboratoriya”ning 2-seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Yekaterinburg shahridagi Ural davlat iqtisodiyot universitetining tajribali filologlari, rus tilini chet tili sifatida o‘qitish sohasi mutaxassislari qiziqarli mahorat darslari o'tdilar.
Seminarning maxsus mehmoni Sankt-Peterburglik bolalar yozuvchisi, “Dunyo manfaati uchun” mukofotining “Axborot adabiyoti” nominatsiyasi finalchisi Kristina Kretova bo‘lib, u o‘qituvchilarga bugungi yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish va ularni qanday qilib rag'batlantirish bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Laboratoriya an’anaviy tarzda nafaqat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari bilan tanishish, tajriba almashish va malaka oshirish maydonchasi, balki rus tilini qiziqarli, samarali va interaktiv usulda o‘rganish imkonini beruvchi zamonaviy usullarni targ‘ib qilishning yangi vositasiga aylandi.


