Yangiliklar

img
Tue, 07/08/2025 - 14:15

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport o‘yinlari tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar 2025-yil 5-iyunda tasdiqlangan kunlik grafik rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2025-yil 8-iyul, seshanba kuni – sport o‘yinlari kuni sifatida nishonlandi. Shu munosabat bilan universitetning Sport-sog‘lomlashtirish markazida turli sport to‘garaklari tashkil etildi va ularga talaba-yoshlar faol jalb qilindi. Talabalar shaxmat, shashka, stol tennisi kabi sport turlarida qatnashib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Fitnes zalida esa jismoniy mashg‘ulotlar trenerlar nazorati ostida olib borildi.
Mazkur sport tadbirlari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga undash, shuningdek, ma’naviy va jismoniy kamolotni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Universitetda bu kabi tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.