Yangiliklar

img
Thu, 07/17/2025 - 12:08

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ijodiy ishlar sarhisobi

"Yosh noshirlar" toʻgaragi aʼzolari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yillar davomida olgan bilimini amalda sinab koʻrishdi. Ular turli nashriyot, tahririyat, hokimiyat matbuot boʻlimlarida boʻlib, ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mustaqil mavzuda noshirlik sohasiga oid maqolalarini "Maʼrifat", "Ishonch", "Tong yulduzi" gazetalarining bosma va elektron saytida chop etishdi. Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi Uldona Abdurahmonova rahbarligida tashkil etilgan mazkur amaliyot sarhisobi joriy yilning 11-iyul sanasida boʻlib oʻtdi. Unda talabalar bajargan ishlari haqida taqdimot qilishdi. Nashr etilgan maqolalarni kafedra oʻqitivchilari N.Xudoyberganov, M.Primova, N.Aloyev qabul qilib olishdi. 
Tadbir soʻnggida faol talabalarga sertifikat berildi. Sarhisob haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Talabalarda bu tadbir katta taassurot qoldirdi.